Nokia 6030 - Batareyani quvvatlash

background image

Batareyani quvvatlash

Ogohlantirish: Nokia tomonidan faqat ushbu model bilan ishlatish uchun tasdiqlangan batareya, qullatlovchi va
qo`shimcha qurilmalardan foydalaning. Boshqa barcha turlardan foydalanish tasdiqlash yoki kafolat bilan
qoplanmaydigan bo`lib, xavfli bo`lishi mumkin.

Biron bir quvvatlovchini ushbu qurilma bilan ishlatishdan oldin uning model raqamini tekshiring. Ushbu qurilma ACP-7 va
ACP-12 quvvatlovchilari quvvatidan foydalanish uchun mo`ljallangan. Ushbu qurilma BL-5C batareyasidan foydalanish
uchun mo`ljallangan.

1. Quvvatlovchini devor rozetkasiga qo`shing. Batareya to`liq quvvatsizlantirilgan bo`lsa, displeyda quvvatlash

belgisi paydo bo`lishi yoki qo`ng`iroq qilish mumkin bo`lishigacha bir necha daqiqa o`tishi mumkin.

2. Quvvatlovchi vilkasini telefoningiz ostidagi qo`shgichga ulang.

Quvvatlash vaqti foydalanilayotgan quvvatlovchi va batareyaga bog`liq.

Tasdiqlangan qo`shimcha qurilmalar mavjudligini dileringizdan bilib olishingiz
mumkin. Biron bir qo`sihmcha qurilma quvvat simini ajratib olayotganda vilkasidan
ushlab torting, simidan emas.