Nokia 6030 - SIM kartasi va batareyani o`rnatish

background image

SIM kartasi va batareyani o`rnatish

Barcha SIM kartalarini kichik bolalar qo`li yetmaydigan joyda saqlang.

SIM kartasi xizmatlari mavjudligi va ulardan foydalanish to`g`risidagi ma’lumotlarni SIM kartasi sotuvchisidan olishingiz
mumkin. Bu xizmat ko`rsatuvchisi, tarmoq operatori yoki boshqa sotuvchi bo`lishi mumkin.

Batareyani olishdan oldin har doim qurilmani o`chiring va quvvatlovchini ajratib oling.

Eslatma: Panellarni olishdan oldin har doim qurilmani o`chiring va quvvatlovchini va boshqa qurilmalarni ajratib
oling. Panellarni o`zgartirayotgan paytda elektron qismlarga tegmaslikka harakat qiling. Qurilmani har doim
panellari qo`shilgan holda saqlang yoki foydalaning.

1. Telefoningizning orqa panelini olish uchun:

Orqa panelni telefon ostiga qaratib siljitish uchun uni bosib itaring, keyin panelni
telefondan ajratib oling.

2. Batareyani ko`rsatilganidek ko`tarib, tortib oling.

background image

15

Copyright

© 2006 Nokia. All rights reserved.

3. SIM kartasi ushlagichini telefonning barmoq ushlagichidan sekin ko`tarib,

panelni oching.

4. SIM kartasini, kesilgan uchi ustki o`ng tomonda va oltin kontaktini pastga

qaratib o`rnating. SIM kartasi ushlagichini bekiting va uni joyiga qulflang.

5. Batareyani batareya joyiga soling.

6. Orqa panelni telefon orqasiga qo`yib yuqoriga qarab siljiting. Orqa panelni

bekitish uchun uni telefon yuqorisigacha itaring.

background image

16

Copyright

© 2006 Nokia. All rights reserved.