Nokia 6030 - Sertifikatlar

background image

Sertifikatlar

Sertifikatlarning uchta turi mavjud: server sertifikatlari, vakolatlik sertifikatlari va foydalanuvchi sertifikatlari.

• Telefon server sertifikatidan kontent serveriga yaxshilangan xavfsizlikli aloqani yaratish uchun foydalanadi.

Aloqa o`rnatilishidan oldin telefon xizmat ko`rsatuvchisidan server sertifikatini qabul qiladi va uning
haqiqiyligi telefonda saqlangan vakolatlik sertifikatlari yordamida tekshiriladi. Server sertifikatlari
saqlanmaydi.

background image

64

Copyright

© 2006 Nokia. All rights reserved.

Telefon va kontent serveri o`rtasidagi ma’lumotlarni uzatish shifrlangan bo`lsa, aloqa paytida xavfsizlik
belgisi ko`rsatiladi.

Xavfsizlik ikonachasi shluz va kontent serveri (yoki so`ralgan manba joylashgan joy) o`rtasidagi ma’lumot
uzatish xavfsiz ekanligini bildirmaydi. Xizmat ko`rsatuvchisi shluz va kontent serveri o`rtasidagi ma’lumot
uzatishni xavfsizlashtiradi.

• Vakolatlik sertifikatlari banking kabi ba’zi xizmatlar tomonidan boshqa sertifikatlar haqiqiyligini tekshirish

uchun foydalaniladi. Vakolatlik sertifikatlari xizmat ko`rsatuvchi tomonidan xavfsizlik modulida saqlangan
yoki, agarda xizmat vakolatlik sertifikatlaridan foydalanishni qo`llab-quvvatlasa, tarmoqdan yuklab olinishi
mumkin.

• Foydalanuvchi sertifikatlari foydalanuvchilarga sertifikatlash organi tomonidan beriladi. Foydalanuvchi

sertifikatlari, masalan raqamli imzo yaratishda talab qilinib, ular foydalanuvchini xavfsizlik moduliga
alohida shaxsiy kirishga bog`laydi.

Muhim: Sertifikatlardan foydalanish masofaviy aloqalar va dasturlarni o`rnatish bilan bo`gliq tahdidlarni sezilarli
darajada kamaytirsa ham, ulardan kuchaytirilgan xavfsizlikdan samara olish uchun to`g`ri foydalanilishi lozim.
Sertifikat mavjudligi o`zidan-o`zi hech qanday himoya taqdim etmaydi; kuchaytirilgan xavfsizlik uchun sertifikat
boshqaruvchisi to`g`ri, haqiqiy yoki ishonchli sertifikatlarga ega bo`lishi lozim. Sertifikatlar cheklangan muddatga
beriladi. Agarda sertifikat haqiqiy bo`lishi kerak bo`lganda muddati tugagan sertifikat yoki muddati hali
boshlanmagan sertifikat ko`rsatilsa, qurilmangizdagi sana va vaqtning to`g`riligini tekshiring.

Biron bir sertifikatni sozlashni o`zgartirishdan oldin siz sertifikat egasiga haqiqatdan ham ishonishingiz va sertifikat
haqiqatdan ham ro`yxatdagi egasiga tegishliligidan amin boling.