
■ Nokia batareyasini aniqlash ko`rsatmalari
Xavfsizligingiz uchun faqat original Nokia batareyalaridan foydalaning. Original Nokia batareyasidan
foydalanayotganingizdan amin bo`lishingiz uchun uni vakolatli Nokia dileridan sotib oling, qutida Nokia Original
Enhancements belgisini izlang va gologramma yorlig`ini quyidagicha tekshiring:
Quyidagi to`rtta bosqichni muvaffaqiyatli bajarish ham batareyaning haqiqiyligini butunlay kafolatlamaydi. Agarda sizda
batareyangiz haqiqiy original Nokia batareyasi ekanligiga shubha qilish uchun sabablar bo`lsa, undan foydalanmaslikka
harakat qiling va uni yordam uchun eng yaqin vakolatli Nokia xizmat ko`rsatish shaxobchasi yoki dileriga olib boring.
Vakolatli Nokia xizmat ko`rsatish shaxobchasi yoki dileringiz batareyaning haqiqiyligini tekshiradi. Haqiqiyligini tekshirish
mumkin bo`lmasa, batareyani sotib olingan joyga qaytaring.
Gologrammani aniqlash
1. Yorliqdagi gologrammaga qaraganda bir burchakdan Nokianing birlashgan qo`llar
belgisini, ikkinchi burchakdan esa Nokia Original Enhancements belgisini ko`rishingiz
mumkin.
2. Gologrammani chapga, o`ngga, yuqoriga yoki pastga egib ko`rganda uning har bir
tomonida 1, 2, 3 va 4 nuqtani ko`rishingiz mumkin.

68
Copyright
© 2006 Nokia. All rights reserved.
3. Yorliq tomonini qiring va 20 raqamli kodni ko`rasiz, masalan 12345678919876543210.
Batareyani raqamlarni yuqoriga qaratib aylantiring. 20 raqamli kod ustki qatordan boshlab va
keyin pastki qatorga o`tib o`qiladi.
4. 20 raqamli kodning haqiqiyigini www.nokia.com/batterycheck manzilidagi ko`rsatmalarga
ko`ra tasdiqlang.
Batareyangiz haqiqiy bo`lmasa-chi?
Agarda siz gologrammali yorliqli Nokia batareyangizning haqiqiyligini tasdiqla olmasangiz, iltimos batareyadan
foydalanmang. Uni yordam uchun eng yaqin vakolatli Nokia xizmat ko`rsatish shaxobchasi yoki dileriga olib boring. Ishlab
chiqaruvchi tomonidan tasdiqlanmagan batareyadan foydalanish xavfsli bo`lib, qurilmangizning yomon ishlashi va unga va
qo`shimcha qurilmalarga zarar yetkazishi mumkin. Bu, shuningdek, qurilmaga tegishli tasdiqlash yoki kafolat kuchini bekor
qilishi mumkin.
Nokia batareyalari haqida qo`shimcha ma’lumot uchun www.nokia.com/battery manziliga tashrif buyuring.

69
Copyright
© 2006 Nokia. All rights reserved.