Nokia 6030 - Quvvatlash va quvvatsizlash

background image

Quvvatlash va quvvatsizlash

Qurilmangiz qayta quvvatlanuvchi batareyaga ega. Yangi batareyaning mukammal ishiga faqat ikki yoki uch marta to`liq
quvvatlash va quvvatsizlashdan keyin erishiladi. Batareya yuzlab marta quvvatlanishi va quvvatsizlanishi bo`lishi mumkin,
biroq so`ngida u baribir kuchsizlanadi. Gaplashish va kutish vaqtlari odatdagidan sezilarli darajada qisqa bo`lsa, batareyani
o`zgartiring. Faqat Nokia tomonidan ruxsat etilgan batareyalardan foydalaning va batareyangizni faqat Nokia tomonidan
ruxsat etilgan va ushbu qurilma uchun mo`ljallangan quvvatlovchilar yordamida qayta quvvatlang.

Quvvatlovchini foydalanmayotgan paytda elektr rozetkasi va qurilmadan ajratib oling. To`liq quvvatnalgan batareyani
quvvatlovchiga ulagan holda qoldirmang, chunki haddan tashqari quvvatlash uning ish muddatini qisqartirishi mumkin.
Ishlatilmay qo`yilgan to`liq quvvatlangan batareya vaqt o`tishi bilan quvvatini yo`qotadi.

Batareya to`liq quvvatsizlangan bo`lsa, displeyda quvvatlash belgisi paydo bo`lishi yoki qo`ng`iroqlar qilinishi mumkin
bo`lishigacha bir necha daqiqa o`tishi mumkin.

Batareyadan faqat maqsadga muvofiq foydalaning. Buzilgan quvvatlovchi yoki batareyadan foydalanmang.

Batareyani qisqa tutashuvdan saqlang. Tasodifiy qisqa tutashuv tanga, qisqich yoki ruchka kabi metal obyekti batareyaning
pozitiv (+) va negativ (-) terminallarini (ular batareyada metal cihziqlar sifatida joylashgan) to`g`ridan-to`g`ri
birlashtirganda ro`y berishi mumkin. Bu, masalan siz bo`sh batareyani cho`ntak yoki sumkangizda tashiyotganda ro`y berishi
mumkin. Terminallarning qisqa tutashuvi batareya yoki ularni birlashtirgan obyektga zarar yetkazishi mumkin.

Batareyani yoz yoki qishda berk avtomobil ichida qoldirish kabi joylarda qoldirish uning imkoniyatlari va faoliyat muddatini
qisqartiradi. Batareyani har doim 15°S va 25°S (59°F va 77°F) o`rtasida saqlashga harakat qiling. Issiq yoki sovuq batareyali
qurilma, hatto batareya to`liq quvvatlangan bo`lsa ham, vaqtincha ishlamay qolishi mumkin. Batareya ishi muzlashdan past
haroratlarda ayniqsa cheklangan.

Batareyalarni olovga tashlamang, chunki ular portlashi mumkin. Batareyalarga zarar yetkazilgan bo`lsa ham, ular portlashi
mumkin. Batareyalarni yo`q qilishda mahalliy qoidalarga rioya qiling. Iloji boricha qayta ishlashga topshiring. Maishiy
chiqindi kabi yo`q qilmang.

background image

67

Copyright

© 2006 Nokia. All rights reserved.