QARASH VA TA’MINOT
Qurilmangiz o`ta yuqori darajali dizayn va mahorat mahsulotidir va u ehtiyotkorlik bilan foydalanilishi lozim. Quyidagi
tavsiyalar kafolatingizni himoya qilishda yordam beradi.
•
Qurilmani quruq tuting. Bug`lanish, namlik va suyuqlik va namlikning barcha turlari elektr kontaktlarning zanglashiga
olib kelishi mumkin bo`lgan minerallarga ega bo`lishi mumkin. Qurilmangiz ho`l bolib qolsa, batareyani oling va uni qayta
joylashtirishdan oldin qurilmani to`liq quriting.
•
Qurilmani chang va iflos joylarda ishlatmang va saqlamang. Uning harakatlanuvchi qismlari va elektron qismlariga zarar
yetkazilishi mumkin.
•
Qurilmani issiq joylarda saqlamang. Yuqori haroratlar elektron qurilmalarning faoliyat muddatini qisqartirishi,
batareyalarga zarar yetkazishi va muayyan plastik qismlar shaklini o`zgartirishi yoki ularni eritishi mumkin.
•
Qurilmani sovuq joylarda saqlamang. Qurilma normal haroratga qaytganda uning ichida namlik paydo bo`lib elektron
platalarga zarar yetkazishi mumkin.
•
Qurilmani ushbu qo`llanmada ko`rsatilganidan tashqari ochishga harakat qilmang.
•
Qurilmani tushirmang, urmang yoki silkitmang. Bunday harakatlar ichki elektron platalar va nozik mexanizmlarning
buzilishiga olib kelishi mumkin.
•
Qurilmani tozalash uchun kuchli kimyoviy moddalar, tozalovchi eritmalar yoki kuchli tozalash vositalaridan
foydalanmang.
•
Qurilmani bo`yamang. Bo`yoq harakatlanuvchi qismlarga kirib, to`g`ri ishlashga halaqit beradi.
•
Faqat birga sotib olingan yoki tasdiqlangan antennadan foydalaning. Tasdiqlanmagan antennalar, o`zgartirishlar yoki
qo`shimchalar qurilmaga zarar yetkazishi va radio qurilmalarga tegishli qoidalarning buzilishiga olib kelishi mumkin.
•
Quvvatlovchilardan binolar ichida foydalaning.
•
Qurilmani xizmat ko`rsatish joyiga yuborishdan oldin har doim siz saqlamoqchi bo`lgan ma’lumotlarning (masalan
kontaktlar va kalendar yozuvlari) zahira nusxasini yarating.
Yuqoridagilarning barchasi qurilma, batareya, quvvatlovchi yoki boshqa qo`shimcha qurilmalarga tegishlidir. Agarda biron
bir qurilma to`g`ri ishlamayotgan bo`lsa, uni eng yaqin vakolatli xizmat ko`rsatish joyiga olib boring.
71
Copyright
© 2006 Nokia. All rights reserved.