Nokia 6030 - QO`SHIMCHA XAVFSIZLIK MA’LUMOTI

background image

QO`SHIMCHA XAVFSIZLIK MA’LUMOTI

Qurilmangiz va uning qo`shimcha qurilmalari kichik qismlardan iborat bo`lishi mumkin. Ularni bolalar qo`li yetmaydigan
joyda saqlang.

Ishlatish muhiti

Har bir hududda mavjud maxsus qoidalarga rioya qiling va qurilmadan foydalanish ta’qiqlangan yoki u aralashish yoki xavfga
olib kelishi mumkin bo`lsa uni o`chirishni unutmang. Qurilmadan faqat normal faoliyat holatida foydalaning. Ushbu qurilma
quloqqa tutilgan normal faoliyat holatida yoki tanadan kamida 2,2 sm masofada joylashganda radio chastotasi ta’sir qilish
ko`rsatmalariga mos. Tashish sumkasi yoki kamar ushlagichi yordamida tanada joylashtirilib foydalanilganda ular tarkibida
metal bo`lmasligi va qurilmani tanadan yuqorida ko`rsatilgan masofadan uzoqroq joyda joylashtirishi lozim. Ma’lumotlar
fayllari yoki xabarlarni uzatish uchun ushbu qurilma tarmoq bilan yaxshi sifatli aloqani talab qiladi. Ba’zi hollarda
ma’lumotlar fayllari yoki xabarlarni uzatish bunday aloqa mavjud bo`lishigacha qoldiriladi. Uzatilish tugatilishigacha
yuqorida ko`rsatilgan masofani saqlash ko`rsatmalariga rioya qilinishini ta’minlang.

Qurilmaning ba’zi qismlari magnitlidir. Qurilmaga metal buyumlar tortilishi mumkin, va eshitish asboblaridan foydalanuvchi
insonlar qurilmani eshitish asbobi bilan birga quloqqa tutmasliklari lozim. Kredit kartalari yoki boshqa magnitli saqlash
vositalarini qurima yaqinida joylashtirmang, chunki ularga saqlangan ma’lumotlar o`chirilishi mumkin.

Tibbiy asboblar

Xohlagan radio uzatish asboblari, jumladan simsiz telefonlardan foydalanish yetarkicha himoyalanmagan tibbiy asboblar
faoliyatiga aralashishi mumkin. Tibbiy asboblarning tashqi rafio chastotasi energiyasidan yetarlicha himoyalanganligini
bilish uchun yoki savollaringiz bo`lsa shifokor yoki tibbiy asbob ishlab chiqaruvchisi bilan maslahatlashing. Sog`liqni saqlash
muassasalarida talab qilinsa, qurilmangizni o`chirib qo`ying. Kasalxona yoki sog`liqni saqlash muassasalari tashqi radio
chastotasi energiyasiga sezimli asboblardan foydalanayotgan bo`lishi mumkin.

Elektron yuraq stimulyatori

Elektron yuraq stimulyatori ishlab chiqaruvchilari elektron yuraq stimulyatori va simsiz telefon o`rtasida mumkin bo`lgan
aralashishni bartaraf qilish uchun ular orasida kamida 15,3 sm (6 duym) masofa bo`lishini tavsiya etadi. Ushbu tavsiyalar
Wireless Technology Researchning mustaqil tadqiqoti va tavsiyalariga mos. Elektron yuraq stimulyatoriga ega insonlar:

background image

72

Copyright

© 2006 Nokia. All rights reserved.

qurilmani har doim elektron yuraq stimulyatoridan 15,3 sm (6 duym)dan ko`p bo`lgan masofada tutishlari;

qurilmani ko`krak cho`ntagida tashimasliklari; va

qurilmani aralashish mumkinligini kamaytirish uchun elektron yuraq stimulyatoriga qarshi bo`lgan quloqqa tutishlari
lozim.

Agarda siz aralashishni sezgan bo`lsangiz, qurilmangizni o`chiring va uni uzoqroq tuting.

Eshitish asboblari

Ba’zi raqamli simsiz qurilmalar ba’zi eshitish asboblariga aralashishi mumkin. Aralashish ro`y bersa, xizmat ko`rsatuvchingiz
bilan maslahatlashing.

Avtomobillar

Radio chastota signallari avtomobillarda elektron yoq`ilg`i quyish tizimlari, elektron to`sish tormoz tizimlari, elektron tezlikni
nazorat qilish tizimlari, havo yostiq tizimlari kabi noto`g`ri o`rnatilgan yoki yetarlicha himoalanmagan elektron tizimlariga
ta’sir qilishi mumkin. Qo`shimcha ma’lumot uchun avtomobilingiz yoki unga qo`shilgan moslamalar ishlab chiqaruvchisi yoki
uning vakili bilan maslahatlashing.

Qurilmaga faqat malakali mutahassislar xizmat qilishi yoki uni avtomobilga o`rnatishi lozim. Noto`g`ri o`rnatish yoki xizmat
ko`rsatish xavfli bo`lishi va qurilmaga tegishli barcha kafolatlar kuchini bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.
Avtomobilingizda barcha simsiz qurilmalar to`g`ri o`rnatilgani va ishlayotganini tez-tez tekshirib turing. Yonuvchan
suyuqliklar, gazlar yoki portlovchi moddalarni qurilma, uning qismlari yoki qo`shimcha qurilmalari joylashgan bo`limda
saqlamang va tashimang. Havo yostig`iga ega avtomobil egalari havo yostig`i katta kuch bilan ochilishini esda tutishlari
lozim. Obyektlarni, jumladan o`rnatilgan yoki portativ simsiz moslamalarni havo yostig`i ustiga yoki uning ochilish doirasiga
joylashtirmang. Avtomobil ichidagi simsiz moslamalar noto`g`ri o`rnatilgan bo`lsa va havo yostig`i ochilsa, bu qattiq
shikastlanichga olib kelishi mumkin.

Qurilmangizdan samolyotda uchayotgan paytda foydalanish qat’iyan ta’qiqlanadi. Qurilmangizni samolyotga chiqishdan
oldin o`chirib qo`ying. Samolyotda simsiz uzatish qutilmalaridan foydalanish samolyot faoliyati uchun xavfsli bo`lishi, simsiz
telefon tarmog`ini buzishi hamda noqonuniy bo`lishi mumkin.

Portlash sodir bo`lishi mumkin muhitlar

Portlash sodir bo`lishi mumkin bo`lgan muhitda qurilmangizni o`chiring va barcha belgi va ko`rsatmalarga rioya qiling.
Portlash sodir bo`lishi mumkin muhitlarga sizga odatda avtomobil motorini o`chirishni tavsiya qilishlari mumkin bo`lgan

background image

73

Copyright

© 2006 Nokia. All rights reserved.

joylar kiradi. Bunday joylarda uchqunlar tana jarohati yoki hatto o`limga sabab bo`lishi mumkin bo`lgan portlash yoki
yong`inga olib kelishi mumkin. Qurilmani xizmat ko`rsatish shaxobchalaridagi benzokolonkalar kabi yoqilg`i quyish joylarida
o`chiring. Yoqilg`i saqlash yoki tarqatish joylari, kimyoviy zavodlar yoki portlash ishlari olib borilayotgan joylarda radio
moslamalaridan foydalanishga bo`lgan cheklashlarga rioya qiling. Portlash sodir bo`lishi mumkin muhitlar odatda biroq har
doim emas aniq belgilangan bo`ladi. Bular ichiga kemalardagi pastki paluba, kimyoviy yo`llash yoki saqlash joylari,
quyultirilgan gaz (masalan propan va butan)dan foydalanuvchi transport vositalari hamda havo tarkibida kimyoviy moddalar
yoki donador, chang yoki metal kukuni kabi zarrachalar mavjud joylar kiradi.

Favqulodda qo`ng`iroqlar

Muhim:

Simsiz telefonlar, jumladan sizning qurilmangiz, radio signallari, simsiz tarmoqlar, yerusti tarmoqlari va
foydalanuvchi programmalashtirgan vazifalarga asoslanib ishlaydi. Buning uchun barcha sharoitda aloqa
kafolatlanmaydi. Tibbiy favqulodda vaziyatlar kabi muhim aloqa uchun hech qachon faqat simsiz qurilmaga
tayanmang.

Favqulodda qo`ng`iroq qilish:

1. Qurilma yogilmagan bo`lsa, uni yoqing. Signal kuchi yetarliligini tekshiring.

Ba’zi tarmoqlar qurilmaga ishlayotgan SIM kartasi to`g`ri o`rnatilishini talab qiladi.

2. Displeyni tozalash va qurilmani qo`ng`iroqlarni qabul qilishga tayyorlash uchun

ni necha marta kerak bo`lsa,

shuncha bosing.

3. Ayni joylashishingiz uchun rasmiy favqulodda raqamni kiriting. Favqulodda raqamlar joylashishga ko`ra farq qiladi.

4.

tugmasini bosing.

Ma’lum vazifalar ishlatilayotgan paytda favqulodda qo`ng`iroq qilish uchun avvalo ularni o`chirishingiz lozim bo`lishi
mumkin. Qo`shimcha ma’lumot uchun ushbu qo`llanmani o`qing yoki xizmat ko`rsatuvchingizga murojaat qiling.

Favqulodda qo`ng`iroq qilayotganda barcha kerakli ma’lumotlarni iloji boricha aniqroq bering. Simsiz qurilmangiz voqea
sodir bo`lgan joyda yagona aloqa vositasi bo`lishi mumkin. Qo`ng`iroqni ruxsatsiz tugatib qo`ymang.

background image

74

Copyright

© 2006 Nokia. All rights reserved.

Sertifikatsiya ma’lumotlari (SAR)

USHBU QURILMA RADIO TO`LQINLARIGA TA’SIR QILISH BO`YICHA XALQARO KO`RSATMALARGA JAVOB BERADI

Sizning mobil qurilmangiz radio uzatuvchi va qabul qiluvchidir. U xalqaro ko`rsatmalar (ICNIRP) tomonidan tavsiya etilgan
radio chastotasi (RC) ta’sir qilish chegaralaridan oshmaslik uchun yaratilgan va ishlab chiqarilgan. Ushbu cheklashlar
mukammal ko`rsatmalarning qismi bo`lib, umumiy aholi uchun RC energiyasining ruxsat etilgan darajalarini belgilaydi.
Ko`rsatmalar mustaqil ilmiy tashkilotlar tomonidan ilmiy o`rganishlarni muntazam va mukammal baholash orqali ishlab
chiqilgan. Ko`rsatmalar yoshi va sog`lig`idan qat’iy nazar barcha insonlarning xavfsizligini ta’minlash uchun yaratilgan
sezilarni xavfsizlik chegarasiga ega.

Mobil qurilmalar uchun ta’sir qilish standarti Maxsus singdirish darajasi (Specific Absorption Rate) yoki SAR deb
nomlanuvchi o`lchov birligidan foydalanadi. Xalqaro ko`rsatmalarda belgilangan SAR chegarasi bir kilogrammga 2,0 vattga
teng (V/kg)*. SAR sinovlari qurilma standart faoliyat holatlarida barcha sinaluvchi chastotalarda eng yuqori qayd etilgan
quvvat darajasida uzatish sharoitida o`tkaziladi. SAR eng yuqori qayd etilgan quvvat darajasida belgilansa ham, qurilma
ishlayotganda uning asl SAR darajasi maksimal qiymatdan ancha past bo`lishi mumkin. Buning sababi qurilma tarmoq bilan
bog`lanishga yetarli bo`lgan turli quvvat darajalarida ishlash uchun mo`ljallanganligidadir. Umuman olganda, siz tayanch
stansiyasiga qanchalik yaqin bo`lsangiz, qurilmaning chiqish quvvati shunchalik past.

Ushbu qurilmaning quloqqa tutib sinalgan paytdagi eng katta SAR qiymati 0,70 V/kg.

Ma’lumotlar fayllari yoki xabarlarni uzatish uchun ushbu qurilma tarmoq bilan yaxshi sifatli aloqani talab qiladi. Ba’zi
hollarda ma’lumotlar fayllari yoki xabarlarni uzatish bunday aloqa mavjud bo`lishigacha qoldiriladi. Uzatilish
tugatilishigacha yuqorida ko`rsatilgan masofani saqlash ko`rsatmalariga rioya qilinishini ta’minlang.

* Mobil qurilmalar uchun omma tomonidan foydalaniladigan SAR chegarasi o`rtacha tana to`qimalarining o`n grammiga
2,0 V/kg. Ko`rsatmalar o`z ichiga omma uchun qo`shimcha himoya ta’minlash uchun va o`lchovlarda turli farqlarni hisobga
olgan holda sezilarli chegaraga ega. SAR qiymatlari milliy xabar qilish talablari va tarmoq kengligiga qarab farq qilishi
mumkin. Boshqa hududlarda SAR ma’lumoti uchun www.nokia.com manzilida mahsulot ma’lumotini o`qing.