Nokia 6030 - XAVFSIZLIGINGIZ UCHUN

background image

XAVFSIZLIGINGIZ UCHUN

Ushbu oddiy ko`rsatmalarni o`qing. Ularga rioya qilmaslik xavfli yoki noqonuniy bo`lishi mumkin. Qo`shimcha ma’lumot
uchun qo`llanmani to`liq o`qing.

EHTIYOTKORLIK BILAN YOQING

Simsiz telefondan foydalanish ta’qiqlanganda yoki u aralashish yoki xavfga olib kelishi mumkin bo`lsa, telefonni
yoqmang.

ENG AVVALO YO`L XAVFSIZLIGI

Barcha mahalliy qonunlarga rioya qiling. Haydayotgan paytda avtomobilni boshqarish uchun qo`llaringiz har
doim bo`sh bo`lishi lozim. Haydash paytida eng muhim narsa yo`l xavfsizligi bo`lib qolishi lozim.

ARALASHISH

Barcha simsiz telefonlar aralashish xavfini tugdirishi mumkin va bu telefon ishiga ta’sir ko`rsatishi mumkin.

KASALXONALARDA O`CHIRING

Barcha cheklashlarga rioya qiling. Tibbiy moslamalar yaqinida telefonni o`chiring.

SAMOLYOTDA O`CHIRING

Barcha cheklashlarga rioya qiling. Simsiz qurilmalar samolyotda aralashishga olib kelishi mumkin.

YOQILG`I QUYISHDA O`CHIRING

Yoqilg`i quyish joyida telefondan foydalanmang. Yoqilg`i yoki kimyoviy moddalar yaqinida foydalanmang.

PORTLASHLAR YAQINIDA O`CHIRING

Barcha cheklashlarga rioya qiling. Portlash sodir bo`layotgan paytda telefondan foydalanmang.

OQILONA FOYDALANING

Mahsulot hujjatlarida tushuntirilganidek faqat normal holatda foydalaning. Antennani zaruriyatsiz ushlamang.

background image

10

Copyright

© 2006 Nokia. All rights reserved.

MALAKALI XIZMAT

Ushbu mahsulotni faqat malakali mutahassis o`rnatishi yoki tuzatishi mumkin.

QO`SHIMCHA QURILMALAR VA BATAREYALAR

Faqat tasdiqlangan qo`shimcha qurilmalar va batareyalardan foydalaning. Nomuvofiq mahsulotlarni ulamang.

SUVGA CHIDAMLILIK

Telefoningiz suvga chidamsiz. Uni quruq tuting.

ZAHIRA NUSXALARI

Telefoningizda saqlanuvchi butun muhim ma’lumotlarning zahira nusxalarini yaratish yoki yozib qo`yishni esda
tuting.

BOSHQA QURILMALARGA ULANISH

Xohlagan boshqa qurilmaga ulaganda batafsil xavfsizlik ko`rsatmalari uchun uning foydalanuvchi qo`llanmasini
o`qing. Nomuvofiq qurilmalarni ulamang.

FAVQULODDA QO`NG`IROQLAR

Telefoningiz yoqilgan va xizmat doirasida bo`lishi lozim. Displeyni tozalab, dastlabki ekranga qaytish uchun

tugmasini necha marta kerak bo`lsa, shuncha bosing. Favqulodda raqamni terib,

tugmasini bosing. Joyingizni

ayting. Qo`ng`iroqni ruxsatsiz tugatib qo`ymang.

Qurilmangiz haqida

Ushbu foydalanuvchi qo`llanmasida tasvirlangan simsiz qurilma EGSM 900 va GSM1800 tarmoqlarida foydalanish uchun
tasdiqlangan. Tarmoqlar haqida qo`shimcha ma’lumot olish uchun xizmat ko`rsatuvchingizga murojaat qiling.

Ushbu qurilmada mavjud xususiyatlardan foydalanganda barcha qonunlarga rioya qiling va boshqalarning shaxsiy hayoti va
qonuniy huquqlarini hurmat qiling.

Gaplashish va tasvirlardan foydalanish paytida barcha qonunlarga rioya qiling va mahalliy an’analarni, shuningdek
boshqalarning shaxsiy hayoti va qonuniy huquqlarini hurmat qiling.

background image

11

Copyright

© 2006 Nokia. All rights reserved.

Ogohlantirish: Ushbu qurilmaning uyg`otuvchidan tashqari narcha xususiyatlaridan foydalanish uchun qurilma
yoqilgan bo`lishi lozim. Simsiz qurilmadan foydalanish aralashish yoki xavfga olib kelishi mumkin bo`lsa,
qurilmani yoqmang.

Tarmoq xizmatlari

Telefondan foydalanish uchun siz simsiz xizmat ko`rsatuvchisi xizmatiga ega bo`lishingiz lozim. Ushbu qurilmadagi ko`p
xususiyatlardan foydalanish simsiz tarmoq xususiyatlariga bo`gliqdir. Ushbu tarmoq xizmatlari barcha tarmoqlarda mavjud
bo`lmasligi mumkin yoki tarmoq xizmatidan foydalanish sizn bilan xizmat ko`rsatuvchingiz o`rtasida maxsus kelishuvga
bog`liq bo`lishi mumkin. Xizmat ko`rsatuvchingiz ulardan foydalanish bo`yicha sizga qo`shimcha ko`rsatmalar berishi va
bunda qanday harajatlar bo`lishini tushuntirishi mumkin. Ba’zi tarmoqlar siz tarmoq xizmatlaridan foydalanishingizga ta’sir
ko`rsatishi mumkin bo`lgan cheklashlarga ega bo`lishi mumkin. Masalan, ba’zi tarmoqlar tilga bog`liq bo`lgan barcha belgi
va xizmatlarni qo`llab-quvvatlamasligi mumkin.

Xizmat ko`rsatuvchingiz qurilmangizda muayyan xususiyatlar o`chirilgan yoki yoqilmagan bo`lishini talab qilishi mumkin.
Bunday holda ular qurilmangiz menusida paydo bo`lmaydi. Qurilmangiz maxsus tarzda tarkibiy tuzilgan bo`lishi ham
mumkin. Ushbu tarkibiy tuzilma menu nomlari, menu tartibi va belgilardagi o`zgarishlarda aks etishi mumkin. Qo`shimcha
ma’lumot uchun xizmat ko`rsatuvcihngizga murojaat qiling.

Ushbu qurilma TCP/IP bayonnomalariga asoslangan WAP 2.0 bayonnomalarini (HTTP va SSL) qo`llab-quvvatlaydi. Ushbu
qurilmaning matn xabarlari, multimedia xabarlari va kontent va qo`llanmalarni yuklash kabi ba’zi xususiyatlari ushbu
texnologiyalar uchun tarmoq tomonidan qo`llab-quvvatlashni talab qiladi.

background image

12

Copyright

© 2006 Nokia. All rights reserved.